Inson ruhiy dunyosini baholash ko‘p jihatdan uning xulq-atvor, faoliyat, muomala, bilish jarayonlarini boshqarishga yo‘naltirilganligiga bog‘liq. SHaxs o‘zining istak, intilish, hohish,niyat, hissiy kechinmalarini amalga oshirish, ro‘yobga chiqarish, qaror toptirishni uddalash yoki uddalay olmaslik xolatini namoyon etish tufayli nimalarga qodir ekanligini oshkor qiladi. Ijtimoiy hayotning turli jabhalarida muvaffaqiyat bilan harakat qilish va bu borada muayyan yutuqlarga erishish uning irodasi kuchidan dalolat beradi. Ehtiyoj, motiv, istak, qiziqish, tasodifiy turtki kabilarni o‘zida mujassamlashtirgan holda ongli munosabatni amalga oshirish, buning uchun maqsad ko‘zlash (belgilash),aniq vositalar tanlash, ulardan foydalanish iroda akti orqali ifodalanadi.

SHaxs tomonidan mo‘ljal olish, maqsadning amaliy ifodasini ko‘rish niyatida jismoniy va aqliy zo‘r berish xulq, faoliyat muvaffaqiyatini ta’minlash kafolatiga aylanish. Ijtimoiy hayotdagi qiyinchiliklar, nizoli vaziyatlar, ularning oldini olish yoki bunga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik insondan iroda kuchini taqozo etadi. Har bir jabhada mustaqillik namunasini ko‘rsatish shaxs mavqeini oshirishga, reyting bahosi ko‘tarilishiga olib keladi, natijada unda o‘ziga nisbatan ishonch tuyg‘usini vujudga keladi, aniq rejalar asosida u yoki bu ishni bajarish uchun intilish, talabgorlik hislari ko‘lami kengayishi.

Iroda va hissiyot bilish jarayonlaridan tortib, to shaxsning motivatsion, emotsional kognitiv, regulyativ jabhalarigacha maqsadga muvofiqlikni kafolatlovchi muhim sifatida yuksak funksiyani bajaradi. Xuddi shu bois talabalarning iroda va hissiyot to‘g‘risidagi bilimlari bilan qurollantirish ularning kasbiy tayyorgarligini takomillashtiradi.

Ushbu kurs oldiga quyidagi kasbiy muammolarni hal qilish masalasi qo‘yildi:

a) hissiy holatlar to‘g‘risida hozirgi zamon bilimlari bilan tanishtirish;

b) fuqarolarni his tuyg‘ularning maromi bilan qurollantirish;

v) ta’lim va tarbiya jarayonida shaxsning hissiy xususiyatlarini   hisobga olishga o‘rgatish;

g) stress,  affektiv xolatlarining oldini olish va ularni bartaraf etishga mutaxassislarni yo‘naltirish;

d) yuksak hislarni mamlakatimiz fuqarolarida (yoshidan qat’iy nazar) shakllantirish;

e) hissiyot faoliyat, xulq, muomala muvaffaqiyati ekanligini ommaga tushuntirish;

j) yuksak hislarning barkamollikdagi ahamiyati to‘g‘risida muayyan tasavvurlarni tarkib toptirishi va hokazo.

     Talabalarni va umuman olganda mamlakatimiz yoshlarini vatanparvarlik, insonparvarlik  fidoiylik, g‘urur, faxr, odamiylik, mas’uliyat, burch, sadoqat, mehr- muhabbat singari yuksak tuyg‘ular bilan qurollantirish davr talabi. Xuddi shu boisdan ma’naviyat-ma’rifat, milliy g‘oya, istiqlol mafkurasi to‘g‘risidagi davlatimizning hujjatlarini ijtimoiy hayotga tatbiq qilishda ushbu kursning ilmiy-amaliy materiallari muhim ahamiyat kasb etishiga iymonimiz komil.

O‘quv fanining maqsadi va vazifalari

O‘quv fanining maqsadi: Iroda psixologyasi va hissiyot psixologiyasi  fanining tarixiy  muammolari va hozirgi zamon metodologiyasi haqida chuqur bilim hamda hissiyot psixologiyasining asosiy muammolari, stress psixologiyasi,  hissiyot va emotsiyaning o‘zaro bog‘liqligi. bo‘yicha  bilimlar tizimi bilan qurollantirish.

O‘quv fanining vazifalari:Iroda  va hissiyot psixologiyasi taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari va tamoyillarini o‘rganish;

-iroda psixologiyasi fani haqida  bilimga ega  bo‘lish;

-hozirgi zamon ilmiy yo‘nalishlari haqida ma’lumotlar berish.

-hozirgi zamon fanining dolzarb muammolarini tahlil qilish va ularni amaliyotdagi ahamiyatini o‘rganishdan iborat.

-hissiyot psixologiyasiga oid bilimlarni  ongli o‘zlashtirishlariga erishish, turli  eksperimental tadqiqotlarda hissiyot psixologiyasining asosiy muammolari, stress psixologiyasidagi muammolarini o‘rganish malakalarini shakllantirish. 

Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakaga qo‘yiladigan talablar

Iroda va hissiyot psixologiyasi fanlarini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistr:

-fanning  predmeti; tushunish va tushuntirish muammosi; tabiiy-ilmiy, ta’limotlarning borliqni bilish tizimidagi mazmuni;

 -XXI asr fani va psixologiyadagi muhim muammolarlarni;  bilishi va ulardan foydalana olishi;

bilishning gnoseologik, ontologik, ekzistensial jihatlarini bilishi  kerak;

-hissiyot psixologiyaning turli muammolari va  shaxsning emotsional doirasini boshqarish usullari va metodlarini o‘rganish.

-hissiyot psixologiyasi: nazariya va amaliyot fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida magistr:

    -magistrant hissiyot  psixologiyaning asosiy yo‘nalishini o‘rganishlari;

     -magistrant hissiyot psixologiyaning  turli tadqiqot  metodlarining o‘ziga xos xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalanishni bilish;

   - magistrant  fanlar tizimida hissiyot psixologiyaning o‘rni va  uning asosiy tamoyillarini o‘zlashtirishlari;

  - magistrant  shaxsning emotsional doirasini boshqarish usullari va metodlarini o‘rganishlari, bilishi va ulardan foydalana bilishi;

-  ilmiy bilish usullari;

-   ilmiy muammolar va ularni  tahlil etish yo‘llari;

-   psixologik  bilimlarning  umumiy nazariy asoslari;

-   o‘qitish va  tarbiyalash sharoitlarida emotsional holatlar haqida tasavvurga ega bo‘lishi;

-  ilmiy echimlar bo‘yicha  xulosa va tavsiyalarni  shakllantirish;

 -  har xil  sharoitlarda  stress va stressli vaziyatlarni boshqarish jarayonini  tashkil  qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.


Dunyoda  muallim bo'lmasa agar, 

         Xayot ham bo'lmasdi bu qadar go'zal

"Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmayd - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasidir"

                                                                                         I.A.Karimov